Unda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi direktori Maʼruf Muxtorov, vakil Barno Oʻngboyeva, jurnalist Shohira Raufboyeva, forum tashkilotchisi Javlon Kamalov, Respublika Milliy kinofondi direktori Eljon Abbasov ishtirok etishib, OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.
Matbuot anjumanida forum doirasida namoyishlari kutilayotgan oʻzbek va xorij animatsion filmlari tanishtirildi.
Shuningdek, dasturdan oʻrin olgan barcha tadbirlar, vorkshoplar, mahorat darslari va boshqa uchrashuvlar haqida qisqacha maʼlumotlar berildi.