Joriy yilning 5 noyabr` kuni hukumatimizning doimiy e'tiborida bo'lib kelayotgan mazkur hudud aholisi uchun alohida ravishda Toshkent viloyati xokimligi tomonidan 276 tn. ko'mir mahsuloti beg'araz yordam ajratildi. 

SHuningdek, 230 ta xonadonga 13 800 kg kartoshka, 13 800 kg piyoz, 1 840 kg guruch, 690 litr paxta yog'i, 920 kg go'sht mahsuloti  beg'araz yordam sifatida etkazib berildi. 

O'zbekiston Davlat bayroqlari bilan bezatilgan avtomashinalardan iborat saxovat karvoni shu hududda yashovchi fuqarolarimiz xonadonlariga quvonch olib kirdi. 

Beg'araz yordam sifatida ajratilgan mahsulotlar “Plotina-avtoyo'l” o'tkazish punkti orqali mahalla fuqarolar yig'iniga etkazib berildi va o'z egalariga tarqatildi.

Davlatimiz bayroqlari bilan bezatilgan avtomashinalardan iborat karvonni Bekobod shahar hokimining chegara masalalari bo'yicha yordamchisi G'anisher Bazarbaev kuzatib bordi. 

Ushbu saxovat karvoni delegatsiya kuzatuvida o'z manziliga etib bordi va aholiga tarqatildi. 

Hamyurtlarimiz bunday e'tibordan boshlari ko'kka etib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Toshkent viloyati hokimiga va Bekobod shahar hokimiga o'z minnatdorchiligini bildirishdi.

Fuqarolarning bunday e'tibordan quvonchlari cheksiz.