Unda anomal issiq ob-havo sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash borasida maʼlumot taqdim etildi.
Jumladan, issiq haroratning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi:
Birinchidan, kultivatorlarni toʻliq ishga jalb qilish, ishchi organlarini toʻldirish va baliq sirti qilib oʻragan holda, ertalab va kechki soatlarda ishlashini tashkil etish;
Ikkinchidan, tumanda mavjud barcha purkagichlarni (OVX-600, VP-1, shtangali Appolon) kechki soat 19:00 dan keyin ertalab 7:00 gacha ishlashini tizimli tashkil etish;
Uchinchidan, barcha texnikalarni va fekalovozlarni jalb qilgan holda, tizimli ravishda mahalliy oʻgʻit jamgʻarish va ekskrement (goʻng-navoz) chiqarishni tashkil etish.
Hududlardagi chorvachilik, parrandachilik va qoʻychilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida toʻplangan mahalliy oʻgʻitlar sugʻorilayotgan dala maydonlariga bepul olib chiqiladi.
Toʻrtinchidan, joylarda mavjud suv shtablarida suvdan samarali foydalanishni tashkil etish;
Beshinchidan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvchilar sonini kamida 2-3-martaga oshirish, ularga dalada barcha sharoitlarni yaratish va tungi sugʻorishga alohida eʼtibor berish;
Oltinchidan, sugʻorilayotgan har bir maydon “sharbat usulida” sugʻorilishi, sugʻorishni qisqa oʻq ariqlardan foydalangan holda hamda mavjud egiluvchan quvurlar orqali amalga oshirish;
Yettinchidan, mikroiqlim hosil qilish va zararkunandalar keng tarqalishining oldini olish maqsadida, imkon qadar dala atroflariga suv sepish uchun barcha mashina va agregatlarni jalb etish;
Sakkizinchidan, yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan gʻalla maydonlarda ekilgan takroriy ekinlarni ushbu suv tejovchi uskunalarni qoʻllagan holda, sugʻorish ishlari oʻtkaziladi.