Anomal sovuq sabab «Afrosiyob» to‘xtab qoldi

    «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida 13 yanvar kuni harakatlanayotgan 765-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi anomal sovuq sababli nosozlik yuzaga kelishi oqibatida «Malik» bekatida  to‘xtatildi. 

    Natijada yo‘lovchilarni manzilga yetkazib qo‘yish maqsadida zahira «Afrosiyob» elektropoyezdi jo‘natildi.

    Shuningdek, respublika hududida kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida 13 yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar bo‘ladi.