Anomal sovuqda yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanish tavsiya etildi

    Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kuzatilib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda.

    Ayozli kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.

    Shuningdek, mijozlardan 24/7 ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmasliklarini soʻraymiz. Bu shoxobchalardagi bankomat, konditsioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.