Bu koʻllar orasida eng mashhuri — “Sharq” koʻli hisoblanadi. Bu — olimlar 4 ming metrdan ortiqroq chuqurlikda, muz qatlami ostida topgan eng katta koʻldir. Uning uzunligi 250 kilometr, chuqurligi 900 metrni tashkil etadi.

Ushbu koʻllarning baʼzilari qorongʻilikda va tashqi dunyodan butunlay ajratilgan holda joylashgan, shuning uchun biz uzoq vaqt davomida tanish boʻlmagan ekotizimga ega boʻlishi mumkin. Science Advances
nashrida chop etilgan yangi tadqiqotga koʻra, Antarktidada muz va tosh oʻrtasida 250 ga yaqin koʻl bor.

Ushbu koʻllar bizning quyosh sistemamizning boshqa joylarida hayot imkoniyatlarini oʻrganayotgan olimlar uchun katta qiziqish uygʻotmoqda. Yaqinda NASA u yerga 2024-yilda zond yuborishga qaror qildi.

Kembrij universitetining ikki nafar tadqiqotchisi nazariy jihatdan ushbu koʻllar oʻzlarining oʻta ogʻir sharoiti bilan hayotni vujudga keltirishi va qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Ammo suv qayerdan keladi, degan savol ochiq qolmoqda.

Muz ostida hayot bormi?

Mikroorganizmlar mavjudligini aniqlash uchun bir nechta koʻllar allaqachon tekshirilgan. Hali aniq xulosalar yoʻq, baʼzi joylarda mikroskopda koʻrinadigan hayot — masalan, bakteriyalar boʻlishi mumkin.

Nature jurnalida eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, bakteriyalar muzdan 1000 metr pastda joylashgan Mercer koʻlida topilgan. Ammo bu koʻl boshqa koʻllarga nisbatan ehtimol kamroq izolyatsiya qilingan.

Shu bilan birga, “Sharq” koʻlida hali kashf qilinmagan bakteriyalar boʻlishi mumkin. Ammo 2016-yilgi tadqiqotlarga koʻra, u yerdan mukammal toza suv namunalarini yoʻl davomida mikroorganizmlar bilan ifloslantirmasdan olish juda qiyin.

Livescience internet-nashrida xabar qilinganidek, 2017-yilda “Sharq” koʻlida bir necha turdagi mikroorganizmlar topilgan. Ushbu koʻllarda yana-da murakkab hayot shakllari mavjudmi yoki yoʻqmi, bu hali aniq emas.

Bosim va issiqlik

Ushbu koʻllarda muz butun ogʻirligi bilan yuqoridan boshlab bosadi. Ayni paytda, muz bosim ostida erish xususiyatiga ega — bu hodisa “rad etish” deb ataladi.

Bu holatda muzning eng tashqi qatlami eriydi, ammo bosim shu qadar kuchli boʻladiki, muz ostidagi koʻllarda suv orqaga qaytmaydi, garchi uning harorati noldan ancha pastga tushsa ham.

Bundan tashqari, koʻllar yer qobigʻining chuqur qismida, masalan, “Sharq” koʻli dengiz sathidan 500 metr pastda joylashgan.

Pastdan isiydigan koʻllar oʻz atrofida ozuqa moddalarini olib yuradigan oqimlarni hosil qiladi. Science Advances jurnalidagi yangi tadqiqotga koʻra, ozuqa moddalari yuqoridan eriydigan muzdan kelib chiqadi.

Oqimlar ozuqa moddalari va kislorodning tarqalishi uchun yetarli sharoitni yaratishi mumkin. Ehtimol, bu mikroorganizmlarning hayotini saqlab qolish uchun yetarlidir.

Yangi tadqiqotlar ushbu koʻllarda potensial hayotni qayerdan izlash kerakligi haqida maʼlumot beradi. 3,1 ming metrdan kam boʻlgan muz ostida joylashgan koʻllar toʻgʻridan-toʻgʻri muz bilan aloqa qiladigan suvning yuqori turgʻun qatlamiga ega boʻladi. U qolgan suv bilan ozgina aralashadi. Shuning uchun olimlar qatlamdan kamida bir metr pastda namunalar olishni maslahat berishadi.

Ushbu koʻllarda nima boʻlayotgani haqida hali koʻp savollarga javob topilmagan. Kelajakda, ehtimol olimlar ulardan biri — Chilidagi Tadqiqot Markazi xodimlari tomonidan kashf etilgan CECs koʻli uchun quduq qazishadi. U yerda olib boriladigan tadqiqotlar orqali ehtimol ushbu savollarga javob topilar.