Antistrumin dorisi boʻyicha 3 kishi qamoqqa olindi

    Mamlakatimizda 27 Noyabr 2023 828

    Yoddan ommaviy zaharlanish boʻyicha Toshkentda 3 kishi qamoqqa olindi.

    Oliy sud matbuot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, 2023-yil 7-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudining ajrimi bilan quyidagilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi:

    Yo.X.Toʻraqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari F.H.;

    ushbu markaz laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim, Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalar bosh endokrinologi N.A.;

    Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi H.Gʻ.