баннер
3 Mar 2025
23:16

    Antoniu Koshta: Yevropa Ittifoqi Daniyaning hududiy yaxlitligini himoya qiladi

    Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta Yevropa Ittifoqi Daniyaning hududiy yaxlitligini himoya qilishini aytdi.

    Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta Euronews telekanaliga bergan intervyusida AQSh Prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani qo'shib olish haqidagi tahdidlari fonida Yevropa Ittifoqi Daniyaning hududiy yaxlitligini himoya qilish niyatida ekanini aytdi.

    “Daniyaning hududiy yaxlitligi, Daniya suvereniteti, uning chegaralari barqarorligi... biz uchun eng muhim masala, shubhasiz... Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatning hududiy yaxlitligi tahdid ostida bo'lganida biz ushbu tamoyillarni himoya qilishni to'xtatmasligimiz kerak... Yevropa Ittifoqi Daniyani qo'llab-quvvatlaydi, dedi Koshta.

    Tramp 7-yanvar kuni AQSh Prezidenti lavozimiga kirishishdan oldin Grenlandiya Qo'shma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini aytdi va uning milliy xavfsizlik va “erkin dunyo”ni, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoya qilishdagi strategik ahamiyatini ta'kidladi. Grenlandiya Bosh vaziri Mute Egede orol sotilmaydi va hech qachon sotilmaydi, dedi. SHu bilan birga, Tramp Grenlandiya ustidan nazorat o'rnatish uchun harbiy kuch ishlatmaslikka va'da berishdan bosh tortdi.

    2024-yil oxirida Tramp AQShning Shvetsiyadagi sobiq elchisi va tadbirkor Ken Xauerini AQShning Daniyadagi yangi elchisi etib tayinlash haqidagi qaroriga izoh berar ekan, AQShning Grenlandiyaga egalik qilishini “mutlaq zarurat” deb atadi.

    Grenlandiya 1953-yilgacha Daniya mustamlakasi edi. U qirollikning bir qismi bo'lib qolmoqda, biroq 2009-yilda o'zini o'zi boshqarish va ichki siyosatda mustaqil tanlov qilish imkoniyatiga ega avtonomiyaga ega bo'ldi. 2019-yilda Tramp Grenlandiyani sotib olishni rejalashtirayotgani haqida OAVda bir qator xabarlar paydo bo'lgandi, deb xabar beradi ria.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech