Bu suyak qoldiqlari Misrda topilgan eng qadimgi Homo sapiens skeletlari va dunyodagi eng qadimgi skeletlardan biridir.
Topilgan suyak qoldiqlari 17 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan, bo'yi taxminan 160 santimetrli, kelib chiqishi afrikalik erkakka tegishli ekani avval aniqlangan edi. Suyaklarning aksariyati va bosh suyagining bir qismi yaxshi saqlangan.
40 yildan ko'proq vaqt o'tgach, tadqiqotchilar o'nlab raqamli tasvirlar yordamida erkakning yuz tuzilishini qayta tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Topilgan shaxsning ikkita virtual 3D modeli yaratildi.
Ulardan birida yigit neytral holatda ko'zlari yopiq, oq va qora tasvirda namoyon bo'lgan. Olimlar ikkinchi modelga ko'proq ijodiy yondashishdi va uni to'q qora sochlari va soqollari kaltalangan holatda taqdim etishdi, deyiladi mir24.tv saytida.