Bu g'oya turlicha muhokamalarga sabab bo'lyapti. Kimdir uni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, yana kimdir qarshi chiqmoqda.

APL sayti xabariga qaraganda,  Prem`er-liga klublari jahon chempionatining 2 yilda bir marta o'tkazishiga qarshi chiqqan.

“Prem`er-liganing barcha 20 klubi 2024 yildan keyingi xalqaro taqvim islohoti jarayonlarini muhokama qildi va bir ovozdan FIFAning erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatini har 2 yilda bir marta o'tkazish haqidagi taklifiga, shuningdek, xalqaro o'yinlar sonini sezilarli darajada oshiradigan har qanday rejalariga qarshi chiqdi.

Klublar FIFAning so'nggi takliflari futbolchilarning ahvoli, muxlislar, mavsumoldi tayyorgarliklari va musobaqalar sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishidan xavotirda”,  deb yozgan APL sayti.