Rossiyalik dasturchilar nima uchun Markaziy Osiyo davlatlariga joylashayotgani ma'lum qilindi.

Apple korporatsiyasi Rossiyadagi xodimlarining katta qismini Qirg'izistonga olib kelgan. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Unga ko'ra, Apple rossiyalik xodimlarini yozning oxiridayoq Qirg'iz respublikasiga ko'chirgan. Gazetaning qayd etishicha, kompaniyaning davlat organlari bilan aloqa boshqarmasi rahbari Nozim Turdumambetov asli qirg'izistonlik.

Bundan tashqari, Google ham Rossiyadagi xodimlarini ko'chirish harakatiga tushib qolgan. YAngi yo'nalish sifatida Dubay tanlangan, ammo xodimlar iqlim va shaharning uzoqligi tufayli bunga rozi bo'lmagan.

“Vedomosti” ekspertlarining so'zlariga ko'ra, IT-kompaniyalar faol ravishda Markaziy Osiyo davlatlariga joylashmoqda. Chunki, bu davlatlar rus tili tarqalishi va nisbatan arzonligi uchun dasturchilarga qulay.