Aprel oyida 427 ming nafar isteʼmolchi tomonidan 8 mlntaga yaqin chek “Soliq” mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan  7,5 mlntaga yaqin cheklarga 61,4 mlrd soʻm keshbek hisoblandi.

27-may holatiga 340 mingdan ortiq isteʼmolchilarga 38,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

Qolgan keshbek summalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan:  

soliq hisobotlari topshirilishi;

hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;

soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib avtomatik tarzda toʻlab boriladi.