Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov shu yilning 24-mart kuni Xitoyning “SOHO-Holding” korporatsiyasi vitse-prezidenti Tomas Ding boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar koʻp tarmoqli hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha bir qator masalalarda kelishib olishdi.
Jumladan, yirik miqdordagi mosh va noʻxat eksporti boʻyicha shartnoma imzolanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi bilan mahsulotlarning dastlabki partiyasini (10 ta konteyner) aprel oyida Xitoyga eksport qilishga erishiladi.
Shuningdek, kelgusida tovuq oyogʻi va mol oshqozonini eksport qilish, ipakchilik va pilla yetishtirish yoʻnalishida ham hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.