"Aqlli” niqob ishlab chiqildi

    LG kompaniyasi PuriCare deb nomlangan “aqlli” niqob ishlab chiqdi, deya xabar beradi focus.ua.

    PuriCarening ilk namunasi odatiy havo filtriga ega boʻlib, yuqori samarali qilib ishlab chiqarilgan edi. Niqob shaklidagi havo tozalagich taqib yurishga moʻljallangan boʻlsa-da, unda gaplashish qiyin edi — ovoz tiniq chiqmasdi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ana shu kamchilikni bartaraf etib, uni yana-da ixchamroq koʻrinishga keltirishdi hamda unga VoiceON kompyuterlashtirilgan tizimini oʻrnatishdi.

    Mazkur tizim foydalanuvchi gapirayotganini, ovozni balandlatish uchun mikrofonni ishga tushirganini aniqlaydi. Shu orqali ovozni kuchaytirib beradi. Boshqa payt uskuna quvvatni iqtisod qilish uchun avtomatik tarzda oʻchib qoladi.

    Akkumulyator sigʻimi 850 dan 1000 mAga oshirildi. Niqob 8 soat davomida quvvatlantirishlarsiz ishlay oladi. Toʻliq quvvatlantirish uchun ikki soat vaqt sarflanadi. Uning ogʻirligi 126 grammdan 94 grammgacha kamaytirildi.

    “Aqlli” niqob avgust oyidan Tailandda, keyin esa dunyoning boshqa mamlakatlarida sotuvga qoʻyiladi. Uning narxi hozircha nomaʼlum.