Mazkur yirik futbol turnirining finalida mezbonlar va qoʻshni Meksika terma jamoasi uchrashdi.

Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan oʻyinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qoʻshimcha boʻlimlarda esa amerikaliklarning omadi keldi. 117-daqiqada Robinson tomonidan urilgan gol AQSHga yettinchi bor qitʼa chempionligini keltirdi.

Shu oʻrinda eslatib oʻtish joizki, Meksika ushbu turnirda 11-marta gʻolib boʻlgan.