Tadbirda, shuningdek, yirik investitsiyaviy kompaniyalar, Gudzon instituti va “The Wall Street Journal” gazetasi rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekistonda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, aholi manfaatlarini, soʻz erkinligini taʼminlash xususida batafsil axborot berildi. Bundan tashqari, mamlakatimizning tashqi siyosiy faoliyati, xorijiy davlatlar, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirish haqida soʻz yuritildi.
Uchrashuv davomida iqtisodiyot, qurilish, energetika va turizm sohalariga investitsiya kiritish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, Hind okeanida joylashgan portlarga Afgʻoniston orqali olib chiqadigan temir yoʻl qurish, shuningdek, qurilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari xususida soʻz yuritildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, logistika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.