Uchirish harbiy bazadan AQShning Tinch okeani sohillari vaqti bilan 01:46 da amalga oshirildi.

“Uchirish AQShning qit'alararo ballistik raketasi qo'llash va tiyib turishni amalga oshirish uchun ishonchli va samarali ekanligini ko'rsatdi”, — deyiladi bayonotda.

Bu joriy haftada ikkinchi qit'alararo ballistik raketaning ishga tushirilishi. Birinchisi 4-iyun kuni amalga oshirilgandi, deb xabar beradi interfax.ru.

AQSh harbiylari ta'kidlaganidek, bu sinovlar Amerika Qo'shma Shtatlari yadroviy kuchlari XXI asr tahdidlarining oldini olishda ishonchli va samarali ekanligini ko'rsatish uchun mo'ljallangan muntazam va davriy tadbirlarning bir qismidir. Ta'kidlanishicha, sinov hozirgi dunyo voqealariga rekaksiyani bildirmaydi.