AQSh G'azo sektorida “zudlik bilan, so'zsiz va doimiy” o't ochishni to'xtatishni, shuningdek, Isroilning Falastin hududiga gumanitar yordam yetkazilishiga qo'ygan barcha cheklovlarini bekor qilishni talab qiladigan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasiga veto qo'ydi.
Bu haqda 18-sentabr, payshanba kuni Reuters agentligi ma'lum qilib, Vashington mazkur hujjatga oltinchi marta veto qo'yganini qo'shimcha qildi, deb xabar berdi dw.com.
“AQSh ushbu qabul qilib bo'lmaydigan rezolyutsiyani rad etadi. HAMAS uchun barcha garovga olinganlarni istisnosiz zudlik bilan ozod qilish va so'zsiz taslim bo'lish vaqti keldi. AQSh bu dahshatli mojaroga barham berish uchun hamkorlari bilan ishlashda davom etadi”, dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Morgan Ortagus, Tramp ma'muriyati qarorini oqlagan holda.









