AQSH davlat departamenti Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Prezidentlik saylovi boʻyicha bayonot berdi

    Saylov 26 Oktabr 2021 2101

    AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays matbuotga bayonot berib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga izoh berdi.

    Xususan, uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar joriy yil 24 oktabrda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Oʻzbekiston xalqining oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etish huquqidan foydalanganini qoʻllab-quvvatlaydi.

    AQSH Davlat departamenti YEXHT/DIIHB Missiyasining ovoz berish jarayoni tinch muhitda oʻtdi va saylovchilarning yuqori faolligi bilan ajralib turdi, degan baholariga qoʻshildi.

    Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston hukumati va YEXHT/DIIHB kuzatuvchi missiyasi oʻrtasidagi hamkorlik yaxshilanganini olqishlaydi va YEXHT tavsiyalarining saylovlar hamda fuqarolik va siyosiy huquqlarni ilgari surish boʻyicha kelgusida amalga oshirilishini intiqlik bilan kutmoqda.

    “Biz Oʻzbekiston hukumati bilan ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga ega ushbu va boshqa koʻplab masalalar boʻyicha hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz”, – deyiladi Davlat departamenti bayonotida.