“Report”ning yozishicha, bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Miller “X” ijtimoiy tarmog'ida yozgan.

“Kotib Blinken qolgan barcha garovga olinganlarning uylariga qaytishini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarni muhokama qilish uchun Isroilda. Mojaroning tinch aholiga ta'sirini cheklash va G'azodagi falastinliklarga gumanitar yordam hajmini oshirish juda muhim”, deb yozadi nashr.

Eslatib o'tamiz, E. Blinken avvalroq Turkiya, Gretsiya, BAA, Iordaniya, Qatar, Saudiya Arabistonida bo'lgan edi. Isroildan keyin u Falastin va Misrga ham tashrif buyuradi, deb xabar beradi report.az.