Mutaxassislar Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo”, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi va boshqa tuzilmalar vakillari bilan birgalikda 28-martga qadar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi Gissarak va Toʻpolon toʻgʻonlarini tekshiradilar.

Natijalar asosida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarning modellarini ishlab chiqish, oqibatlarini tahlil qilish, shuningdek, suv oʻtkazgichlarining texnik monitoringi va xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.