Bu haqda The Wall Street Journalning xabardor manbalarga tayanib ma’lum qildi.

Ushbu manbalarga ko‘ra, AQSH tomoni Erondan barcha mavjud boyitilgan yadroviy materiallar zaxiralarini olib tashlashni ham talab qilmoqda. Bundan tashqari, AQSh ma’muriyati Isfahon, Natanz va Fordovdagi yadroviy inshootlarni demontaj qilishni, Eron yadroviy dasturi doirasidagi yer osti ishlariga taqiq qo‘yishni va xalqaro tekshirish mexanizmini kengaytirishni talab qilmoqda.

CNN avvalroq AQSh va Eron o‘n yildan ortiq vaqt davomida uranni boyitishga moratoriy e’lon qilish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Axios portali ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington va Tehron qurolli mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha bir sahifali memorandum bo‘yicha kelishib olishga yaqin. Xabarlarga ko‘ra, AQSh tomoni Eronning o‘z takliflariga 48 soat ichida javob berishini kutmoqda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bagai avvalroq Tehron AQSh takliflarini ko‘rib chiqishda davom etayotganini va keyinchalik o‘z javobini Pokiston tomoniga yetkazishini aytgan edi, deb xabar berdi report.az.