Shunday qilib, AstraZeneca dori vositalari ishlab chiqarish bu zavodda toʻxtatiladi, deb shanba kuni xabar berdi The New York Times gazetasi.

Undagi maʼlumotlarga koʻra, AQSHning yangi maʼmuriyatini Johnson & Johnsonning 15 million doza vaksinasi ikkala ishlab chiqaruvchilarning dori vositalari komponentlarini qorishtirishda xatoga yoʻl qoʻyilganligi tufayli yaroqsiz holga kelishi shunday qaror qabul qilishiga olib keldi.

Bayden maʼmuriyatini ushbu voqea tufayli aholining bu dori vositalariga boʻlgan ishonchi yoʻqolishi xavotirga solyapti. Bu esa Amerika hukumatining mamlakatda emlash ishlarini tezlashtirish rejalariga baravar taʼsir etishi mumkin. Nashrda taʼkidlanishicha, Johnson & Johnson vaksinasi AstraZeneca dori vositalaridan farqli oʻlaroq bir komponentli.Undan tashqari Amerika kompaniyasi fevral oyi oxirida Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati masalasi boʻyicha boshqarma (FDA)dan AQSHda oʻz vaksinalarining qoʻllanilishini maʼqullatishga erishgan. Bu vaqtda AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga hali Amerika Qoʻshma shtatlarida ruxsat olinmagan edi, deb xabar beradi TASS.

AstraZeneca rahbariyati oʻz vaksinasini ishlab chiqarish uchun yangi joy qidirish masalasida AQSH hukumati bilan muzokaralar olib boryapti. Zavod vakili korxonaga dori vositasining oʻzgartirilgan turi kelib tushmagunicha, Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi dori vositalari ishlab chiqarishdan toʻxtamasligini qayd etgan.