AQSh Kongressi TikTokni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi

    AQSh Kongressi Vakillar palatasi qonunshunoslari Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli bo'lgan TikTok ijtimoiy tarmog'ini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlashdi, deb xabar berdi The Hill gazetasi.

    Qonun loyihasi mualliflari respublikachi Mayk Gallaxer va demokrat Raja Krishnamurti. Hujjatda ByteDance va TikTokni “xorijiy hujumchilar” tomonidan boshqariladigan ilovalar sifatida nazarda tutilgan, deb xabar beradi report.az.

    Nashrning yozishicha, qonun loyihasi Xitoy kompaniyasini TikTokdan voz kechishga majbur qiladi yoki bu platforma AQShda taqiqlanishi mumkin.

    “Agar kompaniya TikTokdan voz kechmasa, uni App Store yoki AQShdagi veb-xosting platformasi orqali tarqatish noqonuniy bo'lib qoladi va hatto hozirgi foydalanuvchilar orasida ham uni taqiqlaydi”, deyiladi xabarda.

    Gazetaning ta'kidlashicha, qonun loyihasi Amerika Prezidentiga “xorijiy raqiblar” tomonidan boshqariladigan boshqa ilovalarni taqiqlash imkonini beradi. Gap Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron haqida bormoqda, deyiladi xabarda.