AQSH olimlari 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi

    Olimlar mamontlarni qayta tiriltirish uchun abadiy muzliklardan topilgan mamontlar DNK sidan foydalanmoqchi.

    Mamontlarni qayta dunyoga keltirish uchun Colossal Biosciences (AQSH) biotexnologiya startapi $200 mln jalb etdi, deya xabar berdi Bloomberg.

    Mamont bolasini surrogat ona fil dunyoga keltiradi. Olimlarning taʼkidlashicha, mamont bolasi dunyoga kelgach doimiy kuzatuv ostida, keng va bioxavfsiz qoʻriqxonada yashaydi.

    Ushbu tadqiqot boʻyicha ijobiy natijaga erishish koʻplab olimlarni xavotirga solmoqda. Sababi tugʻilajak mamont bolasi hozirgi iqlim sharoitida yashab keta oladimi? Osiyo filining hujayralaridan foydalanish olimlarga oʻzlari xohlagan mamontni beradimi? degan savollar ularni qiynamoqda.