Xususan, mitti qurilma saraton muolajasiga doir tadqiqot va sinovlarda juda foydali. Yaʼni u yurak faoliyatini batafsil oʻrganish hamda kasallik paytidagi holatini tekshirish ikonini beradi.
Qolaversa, endi yangi dorilar, ayniqsa yurak-qon tomir xastaliklariga qarshi preparatlar va ilgʻor muolaja usullari tajriba jonivorlarida emas, shu “chip-yurak”da sinab koʻrilishi koʻzda tutilgan.
Moslama konstruksiyasi uchun induksiyalangan pluripotent ildiz hujayralari, yaʼni tiklanuvchi toʻqimalardan foydalanilgan. Ularning bir qismi mushak toʻqimalari, qolgan qismi esa qon tomirlarini hosil qiladi.
Jumladan, mushak toʻqimalari xuddi inson yuragi singari bir daqiqa ichida 60-marta urish chastotasida qisqaradi va haftalab toʻxtovsiz ishlay oladi.
Tadqiqotchilar fikricha, mazkur chip hozircha haqiqiy yurak oʻrnini bosa olmasa-da, undan tibbiy amaliyotda “tajriba sichqon”lari sifatida foydalanish samarali.