Qayd etilishicha, tuman hokimi tashabbusi bilan birinchi bor tumanga yogʻingarchilikni sunʼiy ravishda yuzaga keltiruvchi zamonaviy apparat olib kelindi.
Ushbu apparat orqali atmosferadagi tabiiy jarayonlarga taʼsir koʻrsatib, bulut hosil qilish va yomgʻir yogʻdirish imkoni yaratiladi.
Loyiha Qozogʻistonning “International Centre of Climate Change Technologies” (ICCT) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan boʻlib, uning asosiy maqsadi qurgʻoqchilikka qarshi samarali kurash va yaylovlar holatini yaxshilashdir.
Mutaxassislar fikriga koʻra, bunday yondashuv yaqin kelajakda Konimexda tabiiy resurslardan samarali foydalanishni kuchaytiradi, ekologik muvozanatni saqlashga koʻmak beradi va qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishiga turtki boʻladi, deyiladi xabarda.








