AQSH prezidenti Donal`d Tramp ma'muriyati Oy resurslarini o'zlashtirish maqsadida xalqaro “Artemida kelishuvi” shartnomasiga hozirlik doirasida oshkoraviylik  asoslarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda hujjatlarga daxldor manbalarga tayangan holda   Reuters xabar beradi.

SHartnoma mualliflarining e'tirof etishicha, mazkur kelishuv AQSH ittifoqchilarini  yaqin o'n yillikda odamlarni va kosmik stantsiyalarni Oyga yo'llashga intilayotgan NASA atrofiga birlashtirishi zarur

Bir necha haftadan keyin AQSH  Kanada, YAponiya, Evropa mamlakatlari, BAA kabi hamkor-davlatlar bilan rasmiy muhokamalarni boshlaydi. Amerikaning fikricha, Oydagi resurslarni o'zlashtirish masalasida ularning nuqtai nazari o'zaro mos keladi.

Manbaga ko'ra, AQSHning Xalqaro kosmik stantsiyadagi asosiy hamkorlaridan biri bo'lgan Rossiya ushbu loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida hamkor-davlatlar qatoridan joy olmagan. Moskvani qo'shmaslikning asosiy sababi Pentagonning nuqtai nazari bo'lib, u Rossiya sun'iy yo'ldoshlarining sa'y-harakatlarida tahdidiy alomatlar ko'rmoqda.

SHartnoma doirasida Oy resurslarini o'zlashtiruchi kompaniyalarning egalik qilishlari  uchun  erkin asos yaratilishi ko'zlanmoqda.

AQSH va boshqa davlatlar Oyga  koinotdagi eng  ustuvor vosita sifatida qarab keladi. Bundan tashqari, u Marsga amalga oshiriladigan uchishlar uchun uzoq muddatli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim o'rin tutishi mumkin.

 Sal oldinroq prezident Donal`d Tramp AQSHga Oy resurslaridan foydalanish huquqini kafolatlovchi  farmonni imzolagan edi. Hujjatga muvofiq, amerikaliklar koinot kengliklarida qonunchilikka asoslangan holda, tijorat tadqiqotlarini, resurslarni qazish va foydalanish ishlarini olib borish huquqiga ega bo'lishlari lozim.    

                                                                                                         Rauf  Nurullaev