AQSh-Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy jarayonlar TikTok haqiqatda ishonchli ilova ekanligiga yoki uning foydalanuvchilar shaxsiy hayotiga ta'siri Facebook va boshqa ilovlardan ko'proq ekanligi iddao qilingan. Yoki bu AQShning Xitoyga navbatdagi xiylasi bo'lishi mumkin.

Business Insider aynan shu masalada ekspertlar bilan suhbatlashib, TikTok da ham Facebook bilan bir xil xavfsizlik masalalari ko'rilganini aytib o'tgan.

 TikTok bilasizki, o'smirlar va yoshlar o'rtasida juda ommalashgan bo'lib, qisqa video-sharing ilova hisoblanadi hamda Xitoyning texnologiya gigantlaridan biri ByteDance tomonidan egalik qilinadi.

 Aqsh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox news kanaliga AQShda ushbu ilovani taqiqlashni aytib o'tib, agar kimda kim bu ilovani yuklab olsa, u Xitoy kommunistik partiyasi qo'lida ekanligini(ko'p foydanalavuchilar shaxsiy ma'lumotlarini ochib tashlaydi deb o'ylashmoqda) haqida elon qilgan.

 TikTok asli amerikalik boshqaruvchi tomonidan boshqariladi va yana yuzlab amerikaliklar ushbu ilovaning xavfsizligi, mahsulotlari va boshqa siyosatlariga javob beradi. TikTok boshqaruvchisi " Bizda foydalanuvchilar uchun xavfsiz va mustahkam himoyalangan ilovani rivojlantirishdan boshqa niyatimiz bo'lmagan. Biz hech qachon Xitoy hukumatiga foydalanuvchilar ma'lumotlarini bermaganmiz ham, kim bo'lishidan qat'iy bermaymiz ham" deb takidlab o'tdi.

Ma'lumot uchun 2 hafta oldin Hindiston ham TikTok va yana o'nlab Xitoy ilovalarini foydalanishni taqiqlagan edi.