“AQSh va Buyuk Britaniyaning yirik aviakompaniyalari yo'lovchilarga HAMAS, Hizbulloh va Eron bilan ziddiyat kuchaygan bir paytda Isroilga parvozlarni bekor qilishayotgani haqida ma'lum qildi”, deyiladi xabarda.

Havo qatnovi bekor qilingani sababli o'n minglab isroilliklar AQShda qolib ketishdi. Delta va British Airways aviakompaniyalari 2-avgustda, United esa 6-avgustda avireyslarni bekor qiladi.

United Airlines REN TV telekanaliga aviakompaniya Tel-Avivga muntazam avireyslarni to'xtatayotganini aytdi.

Ular “xavfsizlik sabablari” asosida tegishli choralar ko'rishga majbur bo'lganliklarini qo'shimcha qilishdi. United Airlines aviakompaniyasi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishini va xizmatni qayta tiklash bo'yicha qaror qabul qilishini ta'kidladi, deb xabar beradi ren.tv.