Bu haqda uning veb-saytida chop etilgan bayonotda aytilgan.

AQSh Prezidenti bu orqali “Daniya Qirolligi bilan muzokaralar olib borish, Grenlandiyani anneksiya qilish yoki uni AQSh hududi sifatida boshqa yo'l bilan sotib olish” kabi zarur choralarni ko'rish vakolatiga ega bo'ladi. Shundan so'ng Grenlandiya AQSh shtati sifatida qaralishi mumkin.

Faynning so'zlariga ko'ra, qonun loyihasi “Arktikadagi AQSh milliy manfaatlarini himoya qilish va Xitoy va Rossiyadan ortib borayotgan tahdidlarga qarshi turish”ga qaratilgan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Grenlandiyaning AQShga qo'shilishi zarurligini bir necha bor ta'kidlagan. Birinchi muddati davomida u Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan va 2025-yil mart oyida u rad etgan taqdirda Daniyani savdo tariflari bilan qo'rqitib, uni annektsiya qilish mumkinligiga ishonch bildirgan. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bu da'volarni rad etib, orol qirollikning bir qismi ekanligini ta'kidlamoqda.

Grenlandiya Daniyaning avtonom hudud sifatidagi bir qismidir. 1951-yilda Vashington va Kopengagen, NATO ittifoqchilik majburiyatlariga qo'shimcha tarzda Grenlandiya mudofaa shartnomasini imzolagan. Unga ko'ra, AQSh orolni mumkin bo'lgan tajovuzdan himoya qilish majburiyatini o'z zimmasiga olgan, deb xabar berdi tass.ru.