Аmerika Qoʼshma Shtatlarining janubiy-gʼarbiy qismida, Nьyu-Meksiko shtatida 23 ming yillik tarixga ega odam oyogʼi izlari topildi. Bu dastlabki odamlar Аmerika qitʼasiga qadam qoʼygnanligi haqidagi maʼlumotni bekor qilishi mumkin.
Science jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʼra, topilgan oyoq izlari 21 mingdan 23 ming yilgacha boʼlgan oraliqda yashaganini koʼrsatmoqda.
АQSH geologiya xizmati choʼkindi qatlamlarida oyoq izlari topilgan qatlamlar yuzasida va chuqur qatlamda joylashgan urugʼlarda uglerodni aniqlash boʼyicha tadqiqot ishlari olib bordi. Bu izlarning yoshini aniqroq belgilash imkonini beradi.
Oyoq izlarining shu hududda yashovchi oʼsmirlar va bolalarga tegishli boʼlishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, kattaroq izlar ham mavjud. Qizigʼi, bu izlar hayvonlar, mamont, boʼri va qushlarning izi bilan kesishgan.