Bu haqda BNO News axborot portali xabar bermoqda.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida American Airlines samolyoti va Black hawk vertolyotining havoda to'qnashib ketishi oqibatida Potomak daryosidan kamida 19 kishining jasadi olib chiqildi”, deya xabar beradi portal.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, Black Hawk harbiy vertolyoti AQSh poytaxtidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan bazadan parvoz qilgan, deb xabar qildi Pentagon. U mashg'ulot parvozini amalga oshirgan. Samolyot bortida uch nafar harbiy xizmatchi bo'lgan, ularning hech biri yuqori martabali qo'mondonlik xodimlari emas edi.
Qayd etilishicha, hodisa sodir bo'lgan joyga olib boruvchi yo'llar to'sib qo'yilgan, deb xabar beradi report.az.
Vashington aeroporti kamida juma kuni ertalabgacha yopiladi, deb xabar berdi CNN AQSH Federal aviatsiya boshqarmasiga tayanib.