Qayd etilishicha, zilzila o'chog'i Los-Anjeles shimolida Ventura okrugida joylashgan. Undan keyin bir nechta kichikroq yer silkinishlari kuzatildi.
“Hozircha vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma'lumot yo'q, ammo zilzila butun Ventura okrugida kuchli sezildi”, — deyiladi okrug bayonotida.
AQShning sunami monitoringi xizmati zilzila natijasida okeandan hech qanday xavf yo'qligini ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.