Amerikaning Thermetrics kompaniyasi Arizona shtati universiteti tadqiqotchilari uchun nafas oladigan, terlay oladigan va titraydigan robot ishlab chiqishdi.
Qayd etilishicha, ANDI deb nomlangan va ter hosil qiluvchi teshiklari bo'lgan robot ekstremal haroratning odam salomatligiga ta'sirini yaxshiroq tushunishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan.
Kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan kiyimlarni sinab ko'rish uchun terlaydigan robotlardan foydalanilmoqda, ammo ANDI ochiq havoda ishlatilishi mumkin bo'lgan yagona robotdir.
Bu ixtiro ilgari imkonsiz bo'lgan haddan tashqari issiqlik sharoitida tajribalar o'tkazish, shuningdek, quyosh nurining ta'sirini o'rganish imkonini beradi, deb xabar beradi korrespondent.net.