Hodisa mahalliy vaqt bilan 12:15 atrofida De Soto qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan. Oʻndan ortiq vagon relsdan chiqib ketdi. Mashinist ulardan ikkitasi daryoga tushib ketganini aytdi. Ekipajning kamida bitta aʼzosiga tibbiy yordam koʻrsatishga toʻgʻri keldi.

Krouford okrugi favqulodda vaziyatlar boʻlimi menejeri Mark Mirning aytishicha, poyezdda xavfli moddalar boʻlgan, biroq daryoga agʻdarilib tushgan vagonlar ulardan xoli boʻlgan.

BNSF Railway maʼlumotlariga koʻra, relsdan chiqib ketgan, biroq qirgʻoqda qolgan vagonlarning baʼzilarida boʻyoq va litiy-ion batareyalar boʻlgan. U yerda daryoga qulagan ikki vagonda xavfli moddalar yoʻqligi haqidagi Mirning soʻzlari tasdiqlandi, deb yozadi CNN.

Shu oy boshida AQSHning Men shtatida (Rokvud) poyezd halokatga uchrab, yongʻin sodir boʻlgan edi. Illinoys shtatida esa oltingugurt kislotasi boʻlgan poyezd relsdan chiqib ketib, uchta vagon agʻdarilib ketgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.