AQSHda qor boʻroni oqibatida yuzaga kelgan yoʻl-transport hodisalarida toʻqqiz kishi halok boʻldi.
Oʻlimlarning yettitasi Texasda, ikkitasi Oklaxoma va Kanzasda qayd etildi.
Noqulay ob-havo sharoiti hafta boshidan buyon bir necha ming reysning bekor qilinishiga sabab boʻldi. Bir qator shtatlardagi maktablar darslarni bekor qildi. Ayrim hududlarda havo harorati Selsiy boʻyicha 50 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Xabarda taʼkidlashicha, qor boʻroni butun mamlakat boʻylab 500 mingdan ortiq uy va korxonalarni elektr energiyasidan mahrum qilgan, deb xabar beradi mir24.tv.