Suhbat davomida F.Shamsiyev bilan AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, ular faoliyat yuritayotgan sohalar hamda duch kelayotgan muammolar, oʻzaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yoʻnalishlari, Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va turizm salohiyati hamda imkoniyatlarini keng targʻib qilish, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish masalalarida muzokara olib borildi.
Uchrashuvda AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida katta bayram tadbirlari tashkil etish va ushbu tadbirlarda oʻzbekistonlik sanʼat ustalarining ishtirokini taʼminlashda yuzasidan fikr almashildi.Suhbat soʻngida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kelgusida qilinadigan rejalar yuzasidan kelishib olindi