AQSHga sayohat qiluvchi oʻzbekistonliklar soni ortib bormoqda

    2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida 12 953 nafar Oʻzbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3% ga koʻpdir.

    Safar maqsadlari boʻyicha taqsimot:

    • Sayohat – 9 236 nafar
    • Qarindoshlarni yoʻqlash – 3 114 nafar
    • Oʻqish – 304 nafar
    • Xizmat safari – 273 nafar
    • Davolanish – 26 nafar