AQShning eng kambag'al shtatlari Yevropaning eng yirik iqtisodlaridan o'zib ketdi

    AQShning eng kambag'al shtatida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot Germaniyani hisobga olmaganda, yetakchi Yevropa davlatlarini ortda qoldirdi.

    AQShning eng kambag'al shtatida jon boshiga YAIM ko'rsatkichi Germaniyadan tashqari Yevropaning yetakchi iqtisodlariga qaraganda yuqori. O'tgan yilning uchinchi choragida Missisipi shtatining jon boshiga yalpi ichki mahsuloti yevro hisobida deyarli 50 mingni tashkil etdi, bu Germaniyadagidan atigi 1500 yevroga kam.

    Missisipidan keyingi o'rinda G'arbiy Virjiniya, Arkanzas, Alabama va Janubiy Karolina turadi. Ularning barchasi Ispaniya, Italiya va Fransiya kabi yirik Yevropa iqtisodiyotlaridan ustundir.

    Nyu-Yorkda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 107 ming yevrodan oshdi, Kolumbiya okrugi esa 246 523 yevro bilan yetakchilik qilmoqda.

    Yevropada aholi jon boshiga YAIM o'zgarib turadi: Bolgariyada – atigi 15 773 yevro. Lyuksemburgda 125 ming yevrodan ortiq.

    Yevropa Ittifoqida o'rtacha 40 ming yevrodan sal ko'proqni tashkil qiladi. Amerika Qo'shma Shtatlarida – 80 mingdan ortiq.

    Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha Yevropaning beshta yetakchi davlati orasida Germaniya etakchilik qilmoqda – 51 304 yevro. Undan keyin Buyuk Britaniya (48 441 evro), Fransiya (44 365 yevro), Italiya (37 227 yevro) va Ispaniya (33 070 yevro) turadi, deb xabar beradi ru.euronews.com.