Inshootda 130 xonadon joylashgan boʻlib, uning qariyb yarmi zarar koʻrgani aytilmoqda. Voqea joyiga 80 ta qutqaruv brigadasi yuborilgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, uch kishi halok boʻlgan, 9 kishi jarohat olgan. Hozircha deyarli 40 kishi qutqarilgani aytilmoqda.

Mayami-Deyd politsiya departamenti axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda 99 kishini topish ishlari olib borilmoqda.

Yuz bergan fojia tufayli AQSH Prezidenti Jo Bayden Florida shtatida favqulodda holat eʼlon qildi.