Bosh konsulxona faoliyatida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, yangi vakolatxona ta’lim, turizm va xalqlararo aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.