Mahalliy hokimiyat hozirda halokatli quyun yetkazgan zararni hisoblamoqda. Tabiiy ofat tufayli daraxtlar ag'anab tushdi va avtomashinalarga zarar yetdi. Tennessi shtatidagi Klarksvill shahrini halokatli quyun qamrab oldi. 175 ming aholiga ega shahardan deyarli hech narsa qolmagan.

Quyun uylarni uchirib ketdi, elektr tarmoqlarini vayron qildi. NBC telekanaliga ko'ra, kamida olti kishi, jumladan bir nafar bola halok bo'ldi. 23 nafar mahalliy aholi vakillari shifoxonaga yetkazilgan. Vayronalar ostida hali ham odamlar bor.

80 mingdan ortiq odam elektrsiz qolmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.