Arab davlatlariga milliy mahsulotlar eksportini oshirish masalasi muhokama etildi

    Biznes 12 Avgust 2020 1335

    Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Bosh konsulligi bilan hamkorlikda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va mintaqadagi Arab davlatlariga milliy mahsulotlarining eksportini oshirish masalasi muhokama qildi.

    Keyingi yillarda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Bunda ikki davlat oʻrtasida koʻplab sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiy, turizm, sanoat, investitsiya boʻyicha hamkorlik masalalari istiqbolli ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi.

    Ushbu tadbirda ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlanishiga va yurtimizdan milliy mahsulotlar eksport hajmini kengayishiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan “elektron savdo maydonchasi”loyihasi muhokama etildi.