Nukus shahridagi “Manej” sport majmuasida aralash jang sanʼatlari (MMA) boʻyicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati oʻtkazildi.

Markaziy Osiyo aralash jang sanʼatlari konfederatsiyasi (CAMMAC) tomonidan tashkil etilgan chempionatda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Ozarbayjon davlatlaridan havaskor sportchilar 10 vazn toifasida bellashdi.

Bellashuvda vatandoshlarimizdan Jamshid Tillayev, Shukurjon Rustamov, Munis Moʻminjonov, Zokir Mamarasulov, Husanboy Rahimov, Hasanboy Rahimov, Ixtiyor Xolmurodov, qozogʻistonlik sportchilar Yersultan Shakenbay, Yerkebulan Begasiluli, Neʼmat Asadov birinchi oʻrinni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Murat Kamalov va boshqalar tabrikladi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Yangi Oʻzbekiston muxbiri