Kecha tunda Qatarda oʻtayotgan futbol boʻyicha jahon chempionatining 1/2 finalidan oʻrin olgan Argentina — Xorvatiya uchrashuvi yakunlandi. Messi super oʻyin koʻrsatgan bahsda Argentina Xorvatiyani yirik hisobda magʻlub etib, finalga yoʻl oldi.
Argentina — Xorvatiya 3:0
Gol: 34 - Messi, 39 - Alvares, 69 - 39 - Alvares
Argentina: Martines, Molina, Romero, Otamendi, Talyafiko, De Paul, Paredes, Enso Fernandes, Mak Allister, Messi, Alvares.
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Brozovich, Kovachich, Pashalich, Kramarich, Perishich.
Kecha superkompyuter Argentina Xorvatiyani yutishiga 66,9 foiz ishonch bildirayotgani, lekin bundan oldingi taxminlar oʻzini oqlamagani haqida xabar qilgan edik. Bu safar taxminlar oʻzini oqladi, Argentina finalda.
Agar superkompyuter taxminlariga ishonilsa, bugun tunda Fransiya Marokashni va finalda Argentinani ham magʻlub qiladi. Lekin bular hozircha shunchaki taxminlar xolos. Garchi mundialda sanoqli oʻyinlar qolgan boʻlsada, ularda turnur mobaynidagi kabi kutilmagan natijalar qayd etilishi ehtimoli ham yoʻq emas.
Demak, barcha taxminlarning amalga oshish yoki oshmasligi bugun tunda kechadigan Fransiya – Marokash hamda 18-dekabr (20:00) kuni boʻlib oʻtadigan final bahsida maʼlum boʻladi.