Kecha Janubiy Amerika mintaqasi (KONMEBOL) jamolari o'rtasida kelgusi yili Katarda o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionati saralashining 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Braziliya avvalgi turda chempionat yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Kecha ular qit'aning yana bir grandi – Argentina bilan bahs olib borishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Bu durandan so'ng Argentina ham JCH yo'llanmasiga ega bo'ldi. Jamoa qolgan turlarda mag'lubiyatga uchrasa ham 4-o'rindan pastga tushib ketmaydi.
Qolgan ikki yo'llanmaga hozircha ekvador va Kolumbiya davogarlik qilmoqda.