Indoneziyada oʻtkazilishi kerak boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi JCH-2023ga Argentina mezbonlik qilishi mumkinligi haqida avval xabar berilgandi.

FIFA kecha Janubiy Amerikadagi bu mamlakatni chempionat mezboni sifatida rasman tasdiqladi. Turnirning oʻtkazilish sanasi oʻzgarmagan – 20-maydan 11-iyungacha.

21-aprel kuni FIFAning Shveysariyadagi qarorgohida musobaqaga qurʼa tashlanadi.

Chempionatda Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempioni sifatida qatnashadi.