Olimlar yangi turga Chucarosaurus diripienda deb nom berishdi. Paleontolog Matias Mottaning so'zlariga ko'ra, dinozavr son suyagining ikki metrli o'lchami uning tanasining uzunligi taxminan 30 metr, og'irligi esa 40-50 tonna bo'lganidan dalolat beradi.
Boshqa yirik dinozavrlardan farqi shundaki, bu turning suyaklari ingichka bo'lgan. Shuning uchun bu jonzotlarning tanasi o'sha davrdagi boshqa yirtqichlarga qaraganda nozikroq edi.
Mutaxassislarning fikricha, yangi turni zauropodlar qatoriga kiritish mumkin. Bu topilma ilmiy jamoatchilikda alohida qiziqish uyg'otmoqda.
Tadqiqot uchun asos bo'lgan dinozavr qoldiqlari 2019-yilda ekspeditsiya paytida Rio-Negro viloyatida topilgan, deyiladi mir24.tv saytida.