“Forish” poligonida “ArMI-2021” Xalqaro armiya oʻyinlarining “Dala oshxonasi” yoʻnalishidagi “Taom tayyorlash” shartining ikkinchi bosqichi - “Baliq goʻshtidan taom tayyorlash” bahslari nihoyasiga yetdi.
Jamoalar 4 soat davomida baliq mahsulotlaridan qovurilgan, qaynatilgan hamda dimlangan holda taom tayyorlashdi. Shuningdek, qoʻshimcha ballarni toʻplash uchun gazak hamda sharbat tayyorlab taqdim etishdi.

Bu bosqich yakunida jamoalarning turli xil usulda tayyorlagan taomlari xakamlar hayʼati quyidagicha baholadi: Oʻzbekiston – 190 ball; Rossiya – 181 ball; Belarus – 159 ball; Vyetnam – 142 ball; Tojikiston – 123 ball.

Jamoalar endilikda yana 3 kun davomida shartli va berilgan masalliqlarga koʻra taom hamda non va non mahsulotlarini tayyorlash borasida bellashadi. Kuni kecha Oʻzbekiston harbiy oshpazlari “Berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan erkin taom tayyorlash” bosqichida 188 ball bilan birinchi oʻrinni olgandi.
“Dala oshxonasi” yoʻnalishidagi “Taom tayyorlash” shartining ikkinchi bosqichi - “Baliq goʻshtidan taom tayyorlash” bahslari nihoyasiga yetdi.